<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?> <document>
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 sotuvlarini to'htatdi va smartfonni o'chirib qo'yishni so'radi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonining dunyo miqyosidagi sotuvlari, shuningdek qurilmani ishlab chiqarishni to'htatdi. Bu haqida kompaniya rasmiy saytida habar berildi.

10 oktyabrda Galaxy Note 7 smartfonini ishlab chiqarish to'htatilishi haqida ma`lum qilingandi, biroq bundan bir necha soat o'tib, kompaniya qurilmaning butun dunyodagi sotuvlari ham to'htatilishi haqida e`lon qildi. Bundan tashqari, nuqsonli Galaxy Note 7 smartfonlari huddi shu modelning yangi qurilmalariga almashtirilmaydi.

Kompaniyada Samsung uchun foydalanuvchilar havfsizligi birinchi o'rinda ekanligiga yana bir bor urg'u berildi. Shuningdek Samsung hodimlari kompaniya qurilmalari yonib ketgan yangi holatlarni o'rganishga kirishganini ta`kidlashdi.

"Galaxy Note 7 smartfonining birinchi versiyasi va Galaxy Note 7 almashtirilgan versiyasi egalari o'z qurilmalarini o'chirib qo'yib, uning almashtirilgan variantlaridan foydalanishlari kerak yoki smartfonni harid qilgan joylaridan pullarni to'liq qaytarib olishlari mumkin bo'ladi".

Samsung bayonotidan
</document> <?xml version="1.0" encoding="utf-8"?> <document>
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar

Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, shuningdek nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 9 noyabrdagi PF-4482-son Farmoniga asosan 2012 yil 1 dekabrdan nafaqa 155670 so’m miqdorida to’lanadi.

Nafaqani tayinlash va to’lash arizachining yashash manzili bo’yicha Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Nafaqa tayinlash to’g’risidagi ariza (keyingi o’rinlarda ariza deb ataladi):

- 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan;

- muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan;

- nogiron bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga beriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron tomonidan - pasportining nusxasi;

b) muomalaga layotqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan - muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironning pasporti nusxasi, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi;

v) nogiron bolaning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi yoki homiysi tomonidan - nogiron bola tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi, nogiron bolaning yashash joyini tasdiqlaydigan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi ma’lumotnomasi, sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi.

Farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda tuman (shahar) hokimining farzandlikka olish, vasiylik yoki homiylikni belgilash to’g’risidagi qarorining nusxasi ham taqdim etiladi.

Pensiya jamg’armasi bo’limi arizaga Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan olingan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironni tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani ilova qiladi.

Nafaqani to’lash quyidagi holatlarda to’xtaliladi:

- 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron yoxud 16 yoshgacha nogiron bola doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;

- Nafaqa tayinlangan shaxslar to’liq davlat ta’minotiga o’tkazilganda (“Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga va shu kabilarga);

- 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron yoki 16 yoshgacha nogiron bola ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda;

- 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda.

16 yoshdan katta bolalikdan nogironga «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasining turlaridan biri tayinlanganda nafaqa to’lash to’xtatiladi, pensiya esa nafaqa oxirgi marta to’langan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’lanadi.
</document> <?xml version="1.0" encoding="utf-8"?> <document>
14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi bayrami munosabati bilan joriy yilning

13 yanvar kuni institut rektori S.Yunusov, Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U.Abdullayev va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov hamda mas’ul xodimlar tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Lisunova-4, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi, Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida, shuningdek, Vatanimizning bugungi musaffo va yorug‘ kunlariga yetib kelishida o‘zining mislsiz jangovor mehnat jasoratini namoyon etgan va xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi kapitan Tog‘ayev Jahongir Ro‘ziyevich hamda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 3-mikrorayon, “Kabutar” mahallasi 5-uy, 37-xonadonda yashovchi serjant Abdullayev Paxlavon Saydullayevichlarning xonadonlariga tashrif uyushtirildi. Marhum ofitserlarni oila a’zolarini bayram bilan tabriklab, ularning tengsiz jasorati hozirgi yoshlarimiz uchun namuna ekanligi, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik Vatanimizning bu kabi mard o‘g‘lonlarining buyuk xizmatlari ekanligini faxr bilan yodga oldilar. Tashrif davomida xonadon egalariga institut jamoasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
</document> <?xml version="1.0" encoding="utf-8"?> <document>